Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston elchisi Turkiyadagi o'zbek diasporal tashkilotlari faollari bilan muloqot qildi


O'zbekiston elchisi Turkiyadagi o'zbek diasporal tashkilotlari faollari bilan muloqot qildi

ANQARA, 1-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ilhom Haydarov Turkiyaning Xatay va Adana viloyatlariga tashrifi davomida ushbu hududdagi o'zbek diasporal tashkilotlari faollari bilan muloqot qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Safar davomida diplomatlarga Xatay va Adana viloyatlaridagi "Vatandoshlarga madaniy va ijtimoiy ko'maklashish O'zbekiston jamiyati" raislari Qubilay Quyosh va Abdushukur Mert hamrohlik qildi.

 

Vatandoshlar bilan kechgan suhbatlar chog'ida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, xorijdagi yurtdoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash va ularni qo'llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. O'zbekistonning 2023-yil fevral oyida Turkiyada sodir bo'lgan kuchli zilziladan jabr ko'rgan qardosh turk xalqiga ko'rsatgan insonparvarlik ko'magi yana bir bora yodga olindi.

 

"Ushbu og'ir damlarda O'zbekistondan kelgan tibbiyot xodimlari tomonidan zilziladan jabr ko'rganlarga ko'rsatilgan sifatli tibbiy xizmatlar tahsinga sazovor. O'zbek xalqining zilziladan jabrlangan Turkiya aholisiga ko'rsatgan chin insoniylik mehrini hech qachon unutmaymiz", – dedi Abdushukur Mert.

 

Shuningdek, muloqot chog'ida mamlakatimiz elchixonasi bilan O'zbekiston Mustaqilligi kuni, Navro'z bayrami va boshqa sanalarga bag'ishlan tadbirlarni birgalikda keng nishonlash xususida fikr almashildi. Bunday tadbirlar Turkiyadagi yurtdoshlarimiz farzandlarini O'zbekistonga, uning boy madaniyati va qadriyatlariga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga katta hissa qo'shishi alohida urg'ulandi.

 

"O'zbekiston Prezidentining Turkiyadagi yosh vatandoshlarga ko'rsatayotgan g'amxo'rligini yuksak baholaymiz. Yurtdoshlarimizning oila tarbiyasiga e'tibori, hulqi va odobi mahalliy aholi orasida ham yuksak hurmat va e'tiborga sazovor bo'lmoqda", – dedi Qo'bilay Quyosh.