Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Prezidenti “Aksa Enerji” kompaniyasi rahbarini qabul qildi



16.10.2026

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar kengashining birinchi yig‘ilishi doirasida Turkiyaning "Aksa Enerji" kompaniyasining direktorlar kengashi raisi Jamil Kazanchini qabul qildi.

Suhbat davomida kompaniya bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, xususan uning O‘zbekiston energetika tarmog‘ini rivojlantirish va texnologik modernizatsiya qilish loyihalarida ishtirok etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar aniq loyihalar bo‘yicha ishlarni jadallashtirishga kelishib oldilar.