Anqara shahrida Alisher Navoiy haykali ochildi
ANQARA, 3-sentabr /"Dunyo" AA/. "Bir bo'lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!" shiori ostida Turkiyada bo'lib o'tayotgan O'zbekiston mustaqilligining 33 yilligi tadbirlari doirasida Anqara shahri Kechio'ren tumanida buyuk ajdodimiz, so'z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy haykalining ochilish marosimi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.