Turkiyaning Bursa shahrida O'zbek tili va madaniyati markazi ochildi
ANQARA, 9-fevral. /"Dunyo" AA/. Alisher Navoiy nomidagi O'zbek tili va adabiyoti universiteti, mamlakatimiz elchixonasi hamda Istanbuldagi Bosh konsullik hamkorligida Turkiyaning Bursa shahrida O'zbek tili va madaniyati markazi ochildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.