Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatri jamoasi gastrol safari bilan Turkiyaga bordi


Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatri jamoasi gastrol safari bilan Turkiyaga bordi

ANQARA, 5-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Madaniyat vazirligi va mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi ko'magida Istanbul shahridagi Otaturk madaniyat markazida 3-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatrining gala-konserti tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bosh dirijyor Vyacheslav Chernuxo-Volich boshchiligida teatrning 130 nafarga yaqin yetakchi solistlari hamda xodimlari tomonidan Turkiya jamoatchiligi e'tiboriga O'zbekiston va jahon opera hamda balet san'atining eng sara namunalari taqdim etildi.

 

Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatri simfonik orkestri, opera solistlari va xor jamoasi o'zbek kompozitorlari Suleman Yudakov va Tolibjon Sodiqovning "Xorazm bayram yurishi", "Layli va Majnun", "Maysaraning ishi" operalaridan ariyalarni ijro etishdi. Tomoshabinlar e'tiboriga, shuningdek, jahonga mashhur Juzeppi Verdi, Jakomo Puchchini, Joakkino Rossini, Sharel Guno, Frans Lager, Pyotr Chaykovskiy va Nikolay Rimkiy-Korsakov kabi kompazitorlar tomonidan bastalangan operalardan ariyalar taqdim etildi.

 

Shu kuni o'zbek opera san'ati ustalari konsertini tomosha qilish uchun salkam 2000 kishi keldi. Ular orasida Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi, turli idoralar, hokimliklar, diplomatik korpus, jamoat va madaniy tashkilotlar, diaspora faollari va OAV vakillari bor edi.

 

O'zbekistonlik ijodkorlarning Turkiyaning Bursa shahridagi "Merinos" Otaturk kongress va madaniyat markazida ham konsert dasturlarini namoyish etishi rejalashtirilgan.