2019 yil 20 noyabrida Anqaradagi Elchixonamizda O'zbekistonlik mashhur olima, Toshkent irrigatsiya va qishloq ho'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti "Gumanitar fanlar" kafedrasi muduri, tarix fanlari doktori, professor O'ljayeva Shoxista Mamajonovna bilan ijodiy uchrashub bo'lib o'tdi. Tadbirda o'zbek diplomatiyasi tarixi, Amir Temurning Anatoliyaga yurishi, Temuriylar va Usmonlilar imperiyalari o'rtasidagi munosabatlar haqida fanda yangi topilgan ma'lumotlar to'g'risida fikir almashinildi. Muhtaram olimaga Temuriylar diplomatiyasiga oid Turkiya Davlat arxividan topilgan yangi tarixiy hujjatlardan birining maxsus tayyorlangan nushasi topshirildi. Bu borada hamkorlikni davom ettirish haqida kelishib olindi.
.jpg)

.jpg)

.jpg)