Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston diplomatlari Turkiyada tahsil olayotgan hamyurtlarimiz holidan xabar oldilar


O'zbekiston diplomatlari Turkiyada tahsil olayotgan hamyurtlarimiz holidan xabar oldilar

SAMSUN, 5-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi va Istanbuldagi Bosh konsulxonasi diplomatlari Turkiyaning Samsun shahriga safar davomida "O'n to'qqizinchi may" va Samsun universitetlarida tahsil olayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Diplomatlar dastlab, talabalarning ta'lim jarayonlari, yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishishdi, ularning kundalik hayotida duch kelayotgan muammo va ehtiyojlarini o'rganishdi.

 

Ochiq muloqot shaklida o'tkazilgan uchrashuvda hamyurtlarimizga O'zbekistonda amalga oshirilayotgan migratsiya sohasidagi islohotlar va yangiliklar haqida so'zlab berildi. Shuningdek, Turkiyada tahsil olish davomida mahalliy migratsiya qoidalari va qonunchilik talablariga qat'iy rioya etish, noqonuniy guruhlar ortidan ergashmaslik yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

 

Suhbat chog'ida, shuningdek, o'zbek tili va madaniyatini xorijiy mamlakatda keng targ'ib qilish, madaniy-ma'rifiy tadbirlarni birgalikda tashkil etish bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi.

 

Tadbirda so'zga chiqqan vatandoshlar bu kabi muloqotlarning muntazam o'tkazilishini qo'llab-quvvatladilar hamda mamlakatimiz rahbariyatiga xorijda ta'lim olayotgan va ishlayotgan yurtdoshlarimizga qaratilayotgan yuksak e'tibor uchun samimiy minnatdorlik bildirdilar.