Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi elchixonasi

Elchixona haqida


O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar ikki davlat o‘rtasida 1991y. 19 dekabrda Anqara shahrida imzolangan “O‘zaro munosabatlarning asoslari va vazifalari” haqidagi shartnoma asosida ta'sis etilgan.

O‘zbekiston Respublikasinnig Turkiyadagi elchixonasi 1992y. ochilgan. Buning huquqiy asosi O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Turkiya Respublikasi hukumati o‘rtasida 1995y. imzolangan ko‘chmas mulk va moliyaviy imkoniyatlar to‘g‘risidagi shartnoma asosida mustahkamlangan.

Ziyoratchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar har kuni elchixonani ziyorat etadilar. Elchixona jamoasi tizimli asosda turli siyosiy-diplomatik tadbirlar, shu jumladan, brifinglar,  seminar va konferensiyalar o‘tkazib keladi hamda Turkiyaning yirik turistik, sanoat, madaniy va savdo-iqtisodiy mintaqalariga muntazam tashriflar uyushtirib keladi.

Hozirgi kunda Elchixona vaqtinchalik quyidagi adresda joylashgan: Sanjak mahallasi, 549-ko‘cha, 3-uy, Chankaya tumani, Anqara shahri.

Turk hamkorlar bilan birga Anqaraning nufuzli rayonlaridan biri bo‘lgan Oranda Elchixona yangi binosini qurish ishlari boshlangan. Yangi binoning dizaynida me'moriy yodgorliklarimizning eelementlari bilan bir qatorda modern xay-tek uslubida zamonaviy va jadal rivojlanib borayotgan O‘zbekistonning timsolini mujassam etish rejalashtirilgan.