Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi elchixonasi

Chet elda doimiy yashashga qolish bo’yicha hujjatlarni topshirish


Chet elda doimiy yashashga qolish bo’yicha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun arizachi www.consulate.mfa.uz (XORIJGA DOIMIY YASHASH http://consulate.mfa.uz/pmj/create) veb-saytida so‘rovnoma – arizasini to‘ldiradi va unga elektron fotosuratni quyidagi talablar bo'yicha yuklaydi.

So'rovnomaning 14-bandida o'qish va mexnat faoliyatingiz to'g'risidagi ma'lumotlarni xronologik tartibda, batafsil  aks ettiring. Agar, ba’zi-bir texnik sabablarga ko‘ra electron so‘rovnoma-anketasini to‘ldirishning imkoni bo‘lmasa, mazkur anketaning qog‘ozdagi shaklini kompuyterga saqlash yoki chop etish va uni kompuyterda yoki qo‘lda to‘ldirish lozim;

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining (MvaFRBB) chet elda doimiy yashashga chiqish uchun talab qilinadigan hujjatlar ro'yxati:

1. Elchixona nomiga yozilgan ariza (3 nusxada).

2. Pasportning barcha varaqlaridan nusxalar (3 nusxadan).

3. http://consulate.mfa.uz/pmj/create veb-saytida to‘ldirilgan, qog`ozda chop etilgan, arizachinig imzosi qo`yilgan, bar-kodi ko`rsatilgan electron so`rovnoma – arizasi, 3 nusxada;

4. Tarjimai hol (3 nusxada).

5. Xorijiy davlat vakolatli idoralari tomonidam fuqaroning mazkur davlatda doimiy qolishiga ruxsat beruvchi hujjat nusxasi (3 nusxada).

6. O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan va O'zbekiston hududida doimiy ro'yxatdan turuvchi ota-onasining, turmush o'rtog'ining notarial tasdiqlangan rozilik arizasi (1 asli va 2 nusxa). O'zbekiston hududida doimiy ro'yxatda turgan sobiq turmush o'rtoq'ining notarial tasdiqlanga rozilik arizasi (agar ular o'rtasida farzand bo'lsa). O'zbekiston hududida doimiy ro'yxatdan turuvchi ota-onasi va turmush o'rtog'ining rozilik arizasi, arizachi hozirgi vaqtda ular bilan birga yashamasa ham talab qilinadi. Agar ushbu qarindoshlar Turkıya hududida yashayotgan bo'lsa, ular rozilik arizasi Elchixonaga konsullik bo'limi tomonidan tasdiqlanishi mumkin.

7. Tug'ilganlik haqida guvohnomaning nusxasi (3 nusxada). 

8. Farzandlarining tug'ilganlik haqidagi guvohnomalarining notarial tasdiqlangan va apostil yoki legalizatsiya qilingan nusxalari - agar ular xorijiy davlatda tug'olan bo'lsa (3 nusxada).

9. 6 dona 3,5 x 4,5 sm. hajimdagi fotosuratlar.

10. Tug'ilganlik va nikoh tuzilganlik haqida guvohnomalarning nusxalari (3 nusxada).

11. Agar 14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bolalar (16 yoshga to'lga fazand pasport olgan bo'lsa) ota - onasi bilan birga hujjat topshirishlari mumkin, buning uchun farzanlarning ota-onasi bilan birga xorijga doimiy yashashga chiqishga rozilik arizalari talab qilinadi (Agar 16 yoshga to'lgan farzand avval pasport olmagan bo'ldsa, u ota-onasi bilan birga hujjat topshirish huquqiga ega emas, bo holatda unga Elchixona tomonidan O'zbekistonga qaytish guvohnomasi berilib, u ushbu guvohnoma bilan O'zbekistonga qaytadi va ichki ishlar idoralaridan pasport oladi). Ota-ona bolan birga hujjat topshirayotgan farzandlarning familiyasi, ismi, ota ismi va tugilgan sanasi mazkur veb sahifaning 2-bandida ko'rsatilgan Ariza so'rovnomasining 13-bandida yozilishi lozim.

12. Arizachining turmush o’rtog’ining pasport nusxasi (3 nusxada).

13. Agar mavjud bo'lsa, mehnat daftarchasining nusxasi (3 nusxa).

14. Xorijiy davlatda doimiy yashashga qolish bo'yicha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun konsullik yig'imlari undiriladi (16 yoshga to'lmagan farzandlardan konsullik to'lovlari undurilmaydi). To‘lov onlayn shaklda amalga oshirilishi lozim. To‘lovni amalga oshirish uchun http://consulate.mfa.uz/site/card vebsahifaga uting, ID raqam (http://consulate.mfa.uz/pmj/create vebsahifa orqali  to‘ldirilgan so‘rovnoma – arizasining yuqoridagi chap tomonida ko‘rsatilgan shtrix kod (barcode)ni va Tasdiq kodini kiriting, to‘lovni amalga oshiring (konsullik to‘lovlaridan tashqari 3,1% bank xizmatlari to'lanadi), 2 nusxada elektron t‘lov tasdiq‘ini chop eting, 1 nusxasini o‘zingizda va 2- nusxasini hujjatlar bilan Elchixonaga taqdim qiling. Agar, ba’zi-bir texnik sabablarga ko‘ra elektron to‘lovni amalga oshirishning imkoni bo‘lmasa, "The Embassy of Uzbekistan" nomiga yozilgan hujjat  qabul qilinadi.